Uchinchi Inklyuziv
biznes-forum
Inklyuziv biznes-forum – O‘zbekistonda inklyuziv mehnat amaliyotlarini rivojlantirish uchun biznes va jamiyatni birlashtiruvchi platforma. Bu yerda kompaniyalar va ekspertlar har kim o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi mumkin bo‘lgan ish muhitini yaratish bo‘yicha tajriba almashadilar.
Dastur
2-may, 9:00
Uchinchi Inklyuziv
biznes-forum
Inklyuziv biznes-forum – O‘zbekistonda inklyuziv mehnat amaliyotlarini rivojlantirish uchun biznes va jamiyatni birlashtiruvchi platforma. Bu yerda kompaniyalar va ekspertlar har kim o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi mumkin bo‘lgan ish muhitini yaratish bo‘yicha tajriba almashadilar.
Dastur
2-may, 9:00

Forum haqida

Inklyuziv biznes - haqiqatmi yoki istiqbolmi?

Inklyuzivlik va xilma-xillik biznesning muhim tendensiyalari va barqaror rivojlanish mezoniga aylanmoqda. Lekin O‘zbekistonda bu soha qay darajada rivojlangan? Uning rivojlanishiga qanday to‘siqlar xalaqit beradi?


Forum - bu biznes va jamiyat o‘rtasidagi muloqot maydoni. Bu yerda biz nogironligi bo‘lgan shaxslarni ish bilan ta’minlash uchun ko‘proq imkoniyatlar yaratish va inklyuziv biznes amaliyotlarini joriy etish masalalarini muhokama qilamiz.


Dasturda allaqachon inklyuziya tomon qadam tashlagan kompaniyalarning keyslari, HR, korporativ ijtimoiy mas’uliyat va mehnat huquqi bo‘yicha mahalliy va xalqaro ekspertlarning chiqishlari o‘rin olgan. Birgalikda haqiqiy muammolarni tahlil qilib, yechimlarni topamiz.

Avvalgi forumdan olingan suratlar

Forum dasturi

2025-yil 2-may, 9:00-17:30 (Toshkent vaqti bilan)

09:00 – 09:45
09:00 – 09:45
Ishtirokchilarni ro‘yxatga olish
9:45 – 10:00
9:45 – 10:00
Forumning ochilishi, tashkilotchilar tomonidan tabrik so‘zlari
Olloyorov Mansurbek Polvonzoda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha maslahatchisi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori.

Raximova Muxabbat Axrarovna, Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi raisi

Akiko Fujii, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi (UNDP) O‘zbekistondagi doimiy vakilasi
10:00 – 10:45
10:00 – 10:45
Panel sessiya №1: Ommaviy ovqatlanish va savdo sohasida nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilish tajribasi
Moderator: Malika Sharipova, CARE CSR asoschisi va direktori
“SOFIYA QANDOLAT” MChJ (Safia Cafe & Bakery) – Maftuna Zufarova, ishlab chiqarish fabrikasi kadrlar bo‘limi boshlig‘i (10 daqiqa)

“MAK FOOD SERVIS” MChJ (EVOS) – Kamola Qobilova, o‘quv bo‘limi mutaxassisi (10 daqiqa)

Tashkent City Mall – Dilbar Azizova, inson resurslari bo‘yicha direktor (HRD) (10 daqiqa)

Savollar va javoblar (15 daqiqa)
10:50 – 11:35
10:50 – 11:35
Panel sessiya №2: Bank va xizmat ko‘rsatish sohalarida inklyuziv ishga qabul qilish tajribasi
Moderator: Gulnora Urmanova, O‘zbekiston ish beruvchilar assotsiatsiyasi kengashi raisi
KAPITALBANK ATB – Oksana Lyndina, Kapitalbank Kuzatuv kengashi raisi maslahatchisi, Kapitalbank Akademiyasi (Kapital Academy) bosh direktori (10 daqiqa)

Yandex Uzbekistan – Timur Aliev, Yandex Go xizmatlari bo‘limi rahbari (10 daqiqa)

Motorika, Maksim Yemets, kibor odam, protezlar sinov uchuvchisi va kibor odamlardan iborat hamjamiyat rahbari (10 daqiqa)

Savollar va javoblar (15 daqiqa)
11:40 – 12:10
11:40 – 12:10
Kofe-breyk
12:10 – 13:00
12:10 – 13:00
Panel sessiya №3: Bandlik orqali inklyuziya va umumiy qadriyatlarni ilgari surish
Moderator: Mixail Krivonos, Raoul Foundation xalqaro hamkori, Shvetsiya
Inklyuziv ish o‘rinlarini yaratish – qadriyatlar, qarash va amaliyotlar Shvetsiya tajribasida
Lennart Yönsson – WiljaGruppen raisi va ijtimoiy tadbirkor,
Bengt Lyungbek – WiljaGruppen Kengash a’zosi.

Shvetsiyalik mutaxassislar o‘z tajribalari va mulohazalari bilan o‘rtoqlashadilar: ular qanday qilib kuchli qadriyatlar va aniq inklyuziv qarashlar orqali nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun mazmunli bandlik imkoniyatlarini kengaytirishga erishganliklari haqida so‘zlab beradilar. Ushbu sessiyada o‘rgangan saboqlar, amaliy strategiyalar va mehnat bozorini haqiqatda inklyuziv qilishda qadriyatlarga asoslangan yondashuvning ahamiyati yoritiladi. (20 daqiqa)

Savollar va javoblar (30 daqiqa)
13:00 – 14:00
13:00 – 14:00
Tushlik
14:00 – 14:45
14:00 – 14:45
Panel sessiyasi №4: Inklyuziv yetakchilik: ish beruvchilar O‘zbekiston mehnat bozorini qanday o‘zgartirishi mumkin
Moderator: Yuliya Yakovleva, “Person Hunters” konsalting kompaniyalari guruhi asoschisi va rahbari, O‘zbekiston Ish beruvchilar assotsiatsiyasi direktori
Inklyuziv korporativ madaniyat: hammaga mos ish muhitini qanday yaratish kerak? Aziz Abdullayev, "PRAXIS PLUS" MCHJ Direktori vazifasini bajaruvchi (10 daqiqa)

Inklyuziv madaniyat ta’limdan boshlanadi: kerakli xulqni qanday shakllantirish kerak? Sabina Adylova, ALPHA kompaniyasining onlayn va komplayens yo‘nalishlari rahbari (10 daqiqa)

Inklyuziv ufqlar: barchaga taʼlim va tadbirkorlik, Mavlyudaxon Shirinova, “SABR” Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish respublika markazi direktori (10 daqiqa)

Savollar va javoblar (15 daqiqa)
14:50 – 15:35
14:50 – 15:35
Panel sessiyasi №5: O‘zbekiston mehnat bozorida inklyuziv bandlikni ta’minlash uchun faol siyosat
Moderator: Dilmurod Yusupov, "SHAROIT PLYUS" NNT asoschisi va kengash a’zosi, ishplus.uz loyihasi rahbari
Nogironligi bo‘lgan insonlarni ishga joylashtirishda ish beruvchilarga beriladigan subsidiyalar va imtiyozlar, Jahongir Baxromov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy ijtimoiy himoya agentligi tomonidan Kambag‘allikka qarshi kurashish va kam ta’minlangan oilalar ro‘yxatini yuritish boshqarmasi bosh mutaxassisi (15 daqiqa)

Nogironligi bo‘lgan yoshlar mehnat bozorida: joriy holat va to‘siqlar, Adiba Nuruddinova, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Ijtimoiy himoya rivojlantirish instituti direktorining o‘rinbosari (15 daqiqa)

Savollar va javoblar (15 daqiqa)
15:40 – 16:20
15:40 – 16:20
Kofe-breyk
16:20 – 17:30
16:20 – 17:30
Yakuniy sessiya: O‘zbekistonning inklyuziv biznesini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar va strategiyalar
Moderator: Dilmurod Yusupov, "SHAROIT PLYUS" NNT asoschisi va kengash a’zosi, ishplus.uz loyihasi rahbari

Biznes vakillari, davlat organlari va nogironligi bo‘lgan shaxslar jamoat tashkilotlari 2027-yilgacha amal qiladigan harakatlar rejasini ishlab chiqadilar (45 daqiqa)

Spikerlar va volontyorlariga sertifikatlarni topshirish (5 daqiqa)

Spikerlar

  • Mansurbek Olloyorov
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori, Prezidentning ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha maslahatchisi
  • Muhabbat Rahimova
    Toshkent shahar "SHAROIT PLYUS" nogironlar jamoat birlashmasi raisi
  • Akiko Fujii
    Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi (UNDP) O‘zbekistondagi doimiy vakilasi
  • Malika Sharipova
    CARE CSR asoschisi va direktori. Korporativ ijtimoiy mas’uliyat (CSR) va ESG sohasidagi ekspert
  • Maftuna Zufarova
    "Safia Bakery" qandolat uyi ishlab chiqarish sexida xodimlar bilan ishlash bo'limi rahbari
  • Kamola Qobilova
    "MAK FOOD SERVIS" MCHJ (EVOS) o‘qitish bo‘limi mutaxassisi
  • Yuliya Yakovleva
    Person Hunters konsalting kompaniyalari guruhi asoschisi va rahbari, O‘zbekiston ish beruvchilar uyushmasi direktori
  • Oksana Lyndina
    "Kapitalbank" ATB Kuzatuv kengashi raisi maslahatchisi, "Kapitalbank" Akademiyasi bosh direktori
  • Dilbar Azizova
    Tashkent City Mall – inson resurslari bo‘yicha direktor (HRD)
  • Timur Aliyev
    Yandex Go sayohat xizmati menejeri
  • Mihail Krivonos
    "RAOUL FOUNDATION" xayriya jamg‘armasi xalqaro hamkori va "Rabota-i" markazi hammuassisi
  • Lennart Jonsson
    WiljaGruppen raisi va ijtimoiy tadbirkor, Shvetsiya
  • Bengt Lyungbek
    WiljaGruppen Kengashi a'zosi, Shvetsiya
  • Gulnora Urmanova
    O‘zbekiston ish beruvchilar uyushmasi Kengashi raisi
  • Aziz Abdullayev
    «PRAXIS PLUS» MChJ direktorining vaqtinchalik ish bajaruvchisi
  • Sabina Adilova
    ALPHA onlayn va komplayens yo‘nalishlari menejeri
  • Dilmurod Yusupov
    "SHAROIT PLYUS" NNT hammuassisi va Kengashi a’zosi, ishplus.uz loyihasi rahbari
  • Jahongir Bahromov
    Ijtimoiy himoya milliy agentligi Kambag‘al oilalar ro‘yxatini yuritish va kambag‘allikdan chiqarish boshqarmasi bosh mutaxassisi
  • Adiba Nuruddinova
    Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy himoyani rivojlantirish instituti direktori o‘rinbosari

Tashkilotchilar

Hamkorlar

Media-hamkorlar

Forum Stirling Foundation ko‘magida o‘tkazilmoqda

Jonli efir 2-may kuni soat 9:45 da boshlanadi

Uchinchi Inklyuziv Biznes-forum
Made on
Tilda